Muallif haqida

Hammaga salom, aziz do’stlar! Men hozirgi kunda Get-Money.Org proektini muallifi bo’laman. Men haqimda qiziqganingizdan bag’oyat hursandman. Keling, yaqinroq tanishamiz!

Mening ismim Asadbek Ibragimov, 2001-yilning 3 mart kunida tug’ilganman, hozirgi kunda 17 yoshdaman. Toshkentning 30-maktabida o’qiyman. Internet biznes bilan esa 4 yildan beri shug’illanib kelaman.

Hozirgi kunda web-dasturchilik, blogging va internet biznes bilan shug’illanib kelaman.

Keling, Sizga qadamma-qadam hammasini aytib beraman…

1-13 yosh

Men oddiy oilada tug’ilganman. 7 yoshda maktabga borganman, tennis va boshqa sportlar bilan shug’illanganman, ammo baribir ham hammasini tashaganman. Men uchun emasligini bilar edim… 13 yoshga to’lishim bilan menga Galaxy Tab 3 sovg’a qilishgan edi, bu men uchun juda yaxshi yangilik bo’lgan, hali ham uni qanday ishlaganini unutmayman.

13 yosh

Planshet qolimda edi, internetga kirib sayir qilar edim, ammo aylanib charchadim, nimadir qilgim kelar edi. Aliexpress saytini topdim, u yerdagi arzon narxda bo’lgan tovarlarni ko’rib juda hayron bo’lar edim, shuning uchun ham u bilan birga biznes boshlashga harakatni boshladim. Uydagilardan va tanishlarimdan 300$ pul oldim va u yerdan narsalarni sotib olib, sotishni boshladim. Afsuski, yaxshi natija bo’lmadi, 400$ qila oldim xolos. 300$ni qaytarib, 100$ni sarfladim. Keyin esa yomon natijaga qaramay, baribir internet biznesga qiziqishni davom etdirdim.

14 yosh

Bu yoshimda nimalarni boshlamadim, hammasi o’xshamadi, lekin o’zbek tilida Get-Money.Uz sayti bilan kanalini yaratdim. Keyin esa video yuklab, davom etdirmadim. Bir kuni kirib qarasam, yaxshi natijani ko’rib hayron bo’lgan edim, shundan keyin davom etdirishni boshladim. Yaxshi natijalarga erishdim, bir yilda 5000$ pul topdim.

15 yosh

Bu yoshimda esa WEB-dasturchilikni o’rganishni boshladim. Men Html, Css, Css Bootstrap, JavaScript, Jquery va NodeJs’ni o’rgandim. Bu bilimlarim bilan kichik Front-End dasturchi bo’lib ishlash mumkin. Misol uchun Germaniyada kichik Front-End dasturchi oyiga 8000-12000 evro pul topishi mumkin. Bizda esa 1.800.000-2.500.000 so’m oylik olish mumkin.

16 yosh

Bu yoshimda umuman hech nima qilmadim, oddiy dam oldim. Juda charchagan edim, ishlab topgan pulimni ishlatib yuraverdim. Tan olishim kerak, notog’ri ish qildim  😥

17 yosh

Bu yil esa yangi proektlarni yaratib, ushbu proektni faoliyatini davom etdirmoqchiman!

Savollar bo’lsa telegramga yozing: @getmoneyorg