BitCoin — oddiy so’z bilan nima degani ?

Hammaga salom, aziz Get-Money.Org saytini obunachilari va saytimizga birinchi bor tashrif buyurgan internet foydalanuvchilari. Hozir butun dunyoda yangi bo’lgan valyuta — BitCoin haqida juda tez malumotlar tarqalib ketdi, ammo baribir ko’pchilik bu nima ekanini bilishmaydi.

Bugun biz BitCoin nima va qanday paydo bo’lgan, nima uchun u valyuta hisoblanadi va nega ayrim rivojlangan mamlakatlarda u legal hisoblanadi, shu haqida biz oydin gaplashamiz. Bu maqolani o’qib bo’lib, Siz BitCoin bilan foydanalish yoki foydalanmaslik, pul ishlash yoki pul ishlamaslikga qaror qilasiz.

Sizga qiziqmi ? Unda boshladik.

Bu maqolani o’qib, Siz shu savollarga javob topasiz :

  • BitCoin nima u ?
  • Yana boshqa qanday kriptovalyutalar mavjud ?
  • Nega uni hozir ishlatish kerak ?
  • Qanday qilib u orqali pul ishlash mumkin ?

Bitcoin haqida maqola

BitCoin — kriptovalyutani tug’ilishi

Birinchi bo’lib, albatta ortga qaytsak. 2009 yillarda yaponiyalik Satoshi Nakasomi (BitCoin asoschisi) elektron valyuta yaratadi, ammo hozirgacham kim yaratganligi haqida to’liq malumot yo’q. Uning g’oyasi shundaki, valyutalarni nazoratsiz ayirboshlashga (almashtirishga) ega bo’lish, elektron shakilda uni saqlash va o’tqazish, yana qabul ham qilish.

BitCoin — bu nima o’zi ?

BitCoin (bitcoin,btc) — bu elektron shakilda, banklarsiz (nodo’vlatiy) tarzda ishlaydigan valyuta. Hozirgi kunda trendni (mashhurlikni) eggalayotgan mavzulardan biri. Vaqtida 1 cent bo’lgan kriptovalyuta, hozirgi daqiqada 16259$dir. Uni hech kim boshqarmaydi, valyutani banklar emas, millionlab kompyuterlar har xil dasturlar orqali matematik algoritmlar bilan ishlab chiqarilad. Aynan shu BitCoin, deyiladi.

WebMoney va Qiwidan farqi nimada ?

Farqi shudaki, BitCoin pullarni (btc) Siz dollarga, rublga va kerak bo’lsa, hohlagan buyumlarga almashishingiz mumkin. Uning uchun BitCoin sotadigan odam topishingiz zarur, yana bo’lsa olib-sotish uchun har xil birjalar mavjud. Albatta, yana bir masala : WebMoney va Qiwi hamyonlarini mamlakatlar boshqarishadi, BitCoin esa mustaqil valyuta, ammo kimdir uchun bu juda ishonchsizlikni bildiradi.

Elektron hamyonlar haqida malumot : «Elektron hamyon ochish va yaratish bo’yicha qo’llanma»

Kim valyutani ishlab chqaradi ?

HECH KIM ! Bu valyuta banklarda chop etilmaydi va ularni qoidasi bo’yicha ishlamaydi. Banklar hohlagancha pul chop etishlari mumkin, ammo bu inflatsiyaga (valyuta qiymatini pasayishiga) olib keladi.

BitCoin faqat sonlar shaklida bo’ladi, naqt pul emas. Uni hohlagan paytda, hohlagan odam matematik algoritmlar orqali o’z kompyuteridagi quvvati bilan ishlab topishi mumkin. BitCoin ishlab topish — «mayning» deb aytiladi, mayning haqida malumot biroz keyinroq albatta bo’ladi.

Yana bir muhim masala, 1 bitcoin = 100 000 000 satoshiga teng. Yani, bitcoin boshqa oddiy valyutalarga juda o’xshab ketadi. Masalan, dollarni yarimi = 50 sent, rublni yarimi esa = 50 kopeyka. Bitcoinda esa = 50 000 000 satoshi. Ha, bu juda g’alati, bunday bo’lishi sababi, bitcoin qimmat bo’lishi menimcha kutilgan, odamlar kichkina summa bilan ham ishlashlari uchun shunday qilingan.

BitCoindan boshqa valyutalar bormi ?

Albatta bor, ularni yana «altcoin» deb atashadi. Ulani soni juda ko’p va kundan-kunga o’shib bormoqda. Coinmarketcap.com saytida Siz ularni katalogi, narxi va reytingini bilib olishingiz mumkin. Ular haqida ham malumotlar bizni saytimizda albatta bo’ladi.

BitCoin ishlatish qonuniymi ?

Har xil mamlakatlarda har xil qoidalar va qonunlar bor. O’zimizni mamlakatimizdagi qonunlarga bo’ysinishimiz shart, u bo’lmaganida, tinchlik ham tartiblik ham bo’lmas edi. Shuning uchun pastda joylashgan ro’yhatga e’tibor bering.

Demak, BitCoin ishlatish mumkin bo’lgan mamlakatlar :

  • Albatta, Yaponiya (qonunlashtirilgan)
  • Filippin (to’lov tizimi deb, tasdiqlangan)
  • Malayziya (qonunlashtirishga tayyorgarlik ko’rayapti)
  • Janubiy Koreya (qonunlashtirishga tayyorgarlik ko’rayapti)
  • Belgiya (oddiy moliyaviy operatsiyalar, soliqqa tortilmaydi)
  • Finlandiya (oddiy moliyaviy operatsiyalar, soliqqa tortilmaydi)
  • Germaniya (qonuniy valyuta, soliqqa tortiladi)
  • Kanada (oddiy moliyaviy operatsiyalar, soliqqa tortilmaydi)
  • Buyuk Britaniya (birjalar bilan nazorat qilish harakatida)
  • AQSH (soliqqa tortiladi)
  • Alyaska (kriptovalyuta biznesini sertifikat qilish harakatida)
  • Chexiya (neytral holatni egalladi)
  • Hindiston (qonunlashtirishga tayyorgarlik ko’rayapti)
  • Fransiya (qonunlashtirishga tayyorgarlik ko’rayapti)

Do’stlar, sezgan bo’lsangiz, BitCoinni qabul qilgan mamlakatlar juda rivojlangan va boy do’vlatlar hisoblanadi. Bundan, o’zingiz xulosa qiling.

MUMKIN EMAS : 

  • Rossiya (noqonuniy valyuta, yaqin bo’lgan 2-3 yilda o’zini milliy kriptovalyutasini yaratish niyatida)
  • Islandiya (jiddiy zapretda)
  • Vetnam (noqonuniy to’lov tizimi)
  • Ekvador (noqonuniy to’lov tizimi)
  • Xitoy (opratsiyalar cheklangan)

Ha, tepada ko’rsatilgan mamlakatlar ham boy va kuchli, baribir, xulosa berish o’zingizga!

O’zbekistonga kelsak, bilmadim, 3 yildan beri ishlataman, bu bilan muammoga to’qnash kelmadim. Daryo.Uz va Kun.Uz saytiga obuna bo’lib, xabardor bo’lib turib turing, bu juda muhimdir !

BitCoin qanday sotib olish/sotish mumkin ?

Maqolaning yarmida aytib o’tganimdek, uni birjalar orqali ham olsa bo’ladi. Birjalarga hozir link beradigan bo’lsam, tushunmasligingiz mumkin, shunga videodars tayyorlashga qaror qildim :

VideoDars 05/01/2017da tayyor bo’ladi

Yana bo’lsa, BestChange.Ru saytida ham hohlagan valyutangizni tanlab obmen qilishingiz mumkin.

Keyin yana o’zingizni shahringizda sotadigan odamlar bor, ular orqali ham qilishingiz mumkin.

Oldingi video-maqolamizda ham bitcoin haqida malumot bor, agar qiziq bo’lsa, kirib ko’rishingiz mumkin.

Do’stlar, bizdan uzoqlashmang, keyingi maqola bitcoin ishlab topish haqida bo’ladi.

Telegramdagi kanalimizga ham obuna bo’ling! Siz bilan Mister Anonymus edi, ko’rishguncha!

Maqolani do'stlaringiz bilan ulashing:

Fikr qoldirish

avatar
Azizbek
Mehmon

Xormen oka charchamavosmi…bitcoin haqida yaxshi narsala yozibsiz…man bir narsani bilmoqchidim- masalan qiwi hamyonga pul o’tkazish uchun telefon nomer kiritiladi yani adresi……bitcoin adres qande ko’rsatiladi…tel nomermi yoki 20-30 tacha rasshifrofka qilingan raqam.harflami..

xabibullo
Mehmon

Azizbek xa shunaqa buladi xarfla va sonla 20-30 atrofida