Internetda qanday pul ishlash mumkin — 16ta daromad olish yo’li + pul topish uchun saytlar

Butun jahon o’rgimchak to’rini ko’p odamlar o’z vaqtini ketqazish uchun ishlatishadi, bir xil odamlar esa moddiy tomondan foyda olish yo’llarini qidirishadi.

Bu maqolada Siz onlayn pul ishlash haqida bilib olasiz. Malumot hammaga foydali bo’ladi !

Demak, boshlaymiz !

Maqolaning xaritasi :

1. Internetda pul ishlash kimga tog’ri keladi ?

2. Nimadan boshlash kerak — birinchi qadamlar

3. Sarmoyasiz daromad olish — 10ta yo’li

  • Frilans
  • Youtube
  • Instagram
  • Vkontakte
  • Odnoklassniki
  • Twitter
  • Facebook
  • Telegram
  • Hamkorlik dasturlari

4. Sarmoya qilib daromad olish — 6ta yo’li

  • Optsionlar
  • Sayt
  • Xitoy bilan biznes
  • AQSH bilan biznes
  • Sportga pul tikish
  • StartUp

5. Internetda pul topish — TOP 10ta sayt

6. Internetda pul ishlash sirlari — professional sirlashadi

7. Xulosa

1. Internetda pul ishlash kimga tog’ri keladi ?

Afsuski, internetda hamma ham yaxshi pul topa ololmaydi, buni sababi ko’p… Eng asosiy sabab — bu tog’ri yo’nalishni tog’ri topa olmaslikdir.

Men bu saytni va YouTubedagi kanalni yaratib tushundimki — har xil bukslar va boshqa juda oddiy pul ishlash yo’llari bizning xalqimizga yaxshi variant emas ekan. Chunki bizga (O’zbekistonliklarga) daromadli va uncha qiyin bo’lmagan pul ishlash yo’llari tog’ri keladi. Afsuski, internetda bunday pul topish yo’llari yo’q. Internetda daromad olishni istasangiz, unda juda ko’p ter to’kishingizga tog’ri keladi. Buni yodda tuting !

Internetda har birimiz ishlashimiz mumkin, ammo harakat qilmagan, daromad ham olmaydi !

2. Nimadan boshlash kerak — birinchi qadamlar

Internetda pul ishlash qiyin bo’lsada boshlab va sinab ko’rishni maslahat berar edim.

Birinchi qadam bilan elektron pochta yaratishingiz kerak va iloji bo’lsa bu maqoladagidek qilib pochta yaratishga urinib ko’ring. Keyin esa elektron hamyon yaratishga kirishing.

Pochta bilan hamyon Sizga ish boshlashga yordam beradi va Siz bugunoq internetda birinchi pullaringizni ishlab topishingiz mumkin !

3. Sarmoyasiz daromad olish — 10ta yo’li

Boshlanuvchilar uchun aynan sarmoyasiz boshlashga maslahat beraman, ammo sarmoyasiz yaxshi daromad olib bo’lmaydi, lekin Siz sarmoyasiz birinchi 1-2$’ni bugunoq ishlab topishingiz mumkin.

Frilans

Har xil IT-hizmatlar qilib yaxshigina foyda olish mumkin va bu faqat frilans yordamida. Masalan men ham frilans bilan shug’ullanaman, saytlar yarataman va bitta sayt qilib 100 000 so’mdan 2 500 000 so’mgacha daromad ko’raman.

Demak, agar Siz ham frilanser bo’lishni hohlasangiz, unda IT’da bitta sohani eggalab keyin internetdan klientlarni oling !

Saytlar so’ni anchagina ko’p, ammo men Work-Zilla.Com‘ni tavsiya qilgan bo’lar edim…

YouTube

YouTube orqali nafaqat video’lar tomosha qilish mumkin, yana pul topish ham mumkin. Hamma bu haqida eshitishgan, ammo qanday qilib YouTubeda pul ishlash baribir sir bo’lib qo’lmoqda.

YouTubeda pul ishlash haqida to’liq malumot faqat bu maqolada : «YouTubeda pul ishlash — kanal ochish, video joylash va pul ishlash«.

Instagram

Eng mashhur bo’lib bo’lgan ijtimoiy tarmoqlardan biri. Instagram hozir juda ko’p odamni kasal ham qilib qo’ygan. «Instago’lik», eshitganmisiz ? Bu odamlarni instagramsiz yasha olmaydiganlarni aytishadi. Ammo bir xil «Instago’liklar» juda ko’p daromad olishadi, sababi ularning sahifasiga minglab odamlar obuna bo’lishgan. Reklama esa ularda pullik… Yaxshi sahifadagi reklama kamida 10000 RUB. Agar ular kuniga 3-4 reklama joylashtirishsa, unda kuniga 30-40ming RUB qilish mumkin. Ammo bunday natijaga erishish uchun ancha mehnat va kuch talab qilinadi.

Vkontakte

Rossiyada eng mashhur bo’lgan sayt va ijtimoiy tarmoq ! U yordamida nafaqat sahifa, yana gruppa orqali ham pul qilsa bo’ladi. Yana bo’lsa Vkontakte’da sahifangizni, internet magazinga aylantirishingiz mumkin. Bu ham bir tarafdan pul topish yo’li…

Odnoklassniki

Ehh, afsus, ammo foydalanuvchilar soni kundan-kunga kamayib borayotgan ijtimoiy tarmoq… Lekin yangi funksiyasi bilan hamma lol qoldirgan tarmoq, video’ni monetizatsiya qilish funksiyasini taqdim etgan tarmoq.

Twitter

Yana bir tarmoq, juda chiroyli va reklamasi qimmat, ammo eski bo’lgani bilan yana har xil pul ishlash uchun servislar mavjud. Iloji bo’lsa bu tarmoqni ham ishlating, birgalashib daromad olishingiz mumkin. AQSH’lik blogerlarning deyarli hammasi bu tarmoqni ishlatadi va yaxshigina foyda qilishadi.

Facebook

Bugungi kundagi eng mashhur ijtimoiy tarmoq, u yerda eng ko’p foydalanuvchi mavjud va u eng birinchi tarmoqlardan biridir. Mark Zukerberg — facebook’ni asoschisi, u ushbu saytni 14 yoshida qilgan (bu nereal bo’lsa ham, qilgan…, unga RESPECT).

Telegram

Bu messendjerni Siz ham bilasiz, ammo daromad olish mumkinligini bilmasangiz kerak. Pul ishlash uchun kanal yoki gruppaga ega bo’lish kerak va u yerda obunachilar soni ko’p bo’lishi lozim (kamida 1.5-2k). Afsuski o’zbek kanal va gruppalarda pul ishlash ancha qiyin, masalan 10k obunachiga ega bo’lib, uzog’i bilan oyiga 400-500k so’m ishlash mumkin. Agar rus kanal bo’lsa, 3-4 mln so’m… Farq juda sezilarli, to’g’rimi ? Shunga kanal yaratvotganda, rus kanal qilishga harakat qiling yoki ingliz ham tog’ri keladi.

Hamkorlik dasturlari

Aynan ushbu yo’l bilan men, kuniga 20$ pul topaman. Internetdagi pul ishlasa bo’ladigan saytlarning deyarli barjasida hamkorlik dasturi, yani referall sistema mavjud. U yordamida yaxshigina daromad olish mumkin, masalan men Token Market saytiga bitta referal chaqirsam va u referalim 1000$ saytga tashasa, menga 100$ keladi. Ammo afsuski menda oyiga 600$ chiqadi, tog’ri, ko’p emas, ammo O’zbekistonda yashashga va har oy telefonimni yangilatish, yana har xil buyumlarga yetadi…

4. Sarmoya qilib daromad olish — 6ta yo’li

Agar Sizda sarmoya bo’ladigan bo’lsa, Siz ancha vaqtingizni tejaysiz va daromadni maksimal tarzda olasiz. Shunga sarmoyali yo’llar eng zo’rlari hisoblanadi.

Optsionlar

Eng mashhur sarmoyali pul ishlash yo’li va u yordamida anchagina daromad olishingiz mumkin. Kursni yo’nalishini topsangiz bo’ldi, boshqa hech nima talab qilinmaydi.

Optsionlar uchun eng zo’r sayt bu — OlympTrade

Sayt

Saytingiz orqali Siz reklama yo’li bilan yaxshigina pul ishlashingiz mumkin. Saytingizga qancha ko’p odam kirsa, shuncha daromad ko’p bo’ladi. Shunga sayt yaratish bu qiyinmas (buyurtma berish mumkin), unga odam jalb qilish ancha qiyindir. Pul ishlash uchun Google Adsense saytini ishlating.

Xitoy bilan biznes

Aliexpressda tovarlar ancha arzon ekanligini deyarli hamma biladi. U yerdan sotib olib, o’zingizni shahringizda shu tovarlarni sotishingiz mumkin.

AQSH bilan biznes

Endi bu yerda Siz Aliexpress emas, Amazon yoki Ebay saytini ishlatasiz. U yerda gadjetlar juda arzon.

Sportga pul tikish

Eng ko’p pul ishlasa bo’ladigan yo’l bu sportga pul tikishdir. Aynan ushbu yo’l bilan Sizga birinchi 1000$ni qolga kirita olasiz. Ammo bu yerda sport prognozlar va sarmoya kere bo’ladi.

Bukmekerlardan eng zo’ri bu LeonBets va 1xbet

StartUp

Agar Siz million yoki milliard dollarlarga ega bolmoqchi bo’lsangiz, unda StartUp g’oyani amalga oshirib daromad olishingiz mumkin.

5. Internetda pul topish uchun TOP-10ta sayt

Ushbu 10ta saytni sinab ko’ring, ularni hammasi ishonchli.

6. Internetda pul ishlash sirlari — professional sirlashadi

Mana internetda pul ishlayotganimga ham ancha bo’ldi, onlayn sirlar soni juda ko’p, ular cheksiz desam ham notog’ri bo’lmaydi, ammo hozir men eng mashhur va kerakli sirlarni aytib o’taman :

  • Yolg’on orqali pul topmang — bu juda muhim;
  • Birinchi daromadingizni oldingizmi, unda ortga qaramasdan oldinga yuring — albatta birinchi foydangiz kichik summa bo’lmasin, masalan 50$;
  • Azartga berilmang — internetda kuniga 1000$ topadiganlar bor, ammo uni Siz vaqti kelib topasiz, kuniga 5-10$ ham yaxshi daromad;
  • Internetga daromadingizdan ozgina pul qoldiring va qimmat tariflarga o’tmang — cheksiz internet tavsiya qilaman;
  • Vaqtingizni bekor ketqazmang — YouTube, ijtimoiy tarmoqlar, ayniqsa o’yinlar bilan ovora bo’lmang.

Ushbu tavsiya va sirlarim Sizga foydali bo’ladi deb hisoblayman.

7. Xulosa

Demak, internetda pul ishlashni boshlash haqida bilib oldin keyin yo’llar bilan saytlarni ro’yhatini ko’rdik. Yana bo’lsa sirlar haqida ham bilib oldik. Bugunga yetarli deb o’ylayman. Daromad sari intiling va omad Siz tomonda bo’ladi !

Fikr qoldirish

avatar
Doniyor
Mehmon

Maqola yaxshi chiqibdi! Zo’r lekin negadir sizda sustkashlik ko’paymoqda keyingi vaqtda

Mansur
Mehmon

Salom Admin

Odnaklassnikida qanday pul mumkun, menda ok.ru da 13 mingta qatnashchisi bor guruhim bor. Qanday qilib daromat olish mumkun.
Javob kutaman. Raxmat

wpDiscuz