Infobiznes yuritishni boshlash va million so’m daromad olish

Assalomu aleykum, aziz yurtdoshlar ! Sizni get-money.org saytida ko’rib turganimdan juda hursandman, Siz bilan esa blogger Mister Anonymus.

O’n kundan beri maqola yozishga erindim… Sababi kichkina daromad olish haqida gapirishni juda yomon ko’raman va bugun biz internetdagi eng daromadli pul ishlash yo’lini ko’rib o’tamiz. Hayron bo’lmang, ammo bu — InfoBiznes.

Bu maqolada ushu pul topish usuli haqida to’liq gapirib, miyangizga quyishga harakat qilaman va men o’ylaymanki, qo’limdan keladi  😀  😀  😀

Agar Sizga ozgina bo’lsada qiziq bo’lsa, unda maqolani o’qishni davom etdirishga tavsiya qilaman.

Maqolaning xaritasi :

1. InfoBiznes nima o’zi bu ?

2. InfoBiznesni boshlash

3. Qanday qilib odamlar menga pul o’tqazishadi ?

4. Disklarni qanday yetqazib beraman — 3ta variant

5. Xulosa

InfoBiznes nima o’zi bu ?

InfoBiznesni hamma har xil tushunadi, ammo meni tushunishim bo’yicha bu — malumot almashib pul ishlash. Yani, Sizda bir soha bo’yicha bilimingiz bo’lsa, unda u bilan bo’lishib yaxshigina daromad olishingiz mumkin.

Ushbu pul topish yo’li hammaga ham tog’ri kelavermaydi, bu yerda ishlash uchun Sizni kamida bir soha bo’yicha bilimingiz bo’lishi shart.

Masalan, Siz ingliz tili o’qituvchisisiz va Siz InfoBiznes bilan shug’ullanishingiz mumkin. Chunki hozirgi vaqtda ingliz tili eng mashhur va majburiy tillardan biri. Bu tilni o’rganishni istaganlar juda ko’p.

InfoBiznes boshlash

Manimcha, eng qiyin ish — bu boshlash. Agar Siz rostdan ham onlayn daromad olishni istasangiz, unda harakat qilib, o’zingizga ishonib ishni boshlashingiz kerak. Qadamlar :

InfoMahsulot

Eng birinchi qadam bu — InfoBiznesingiz uchun o’rgatuvchi material tayyorlash, yani InfoMahsulot yaratish.

InfoMahsulot 3 turga bo’linadi : videokurs, elektron kitob va audiokurs. Shu turning birini tanlab, uni yaratishga kirishing.

Eng yaxshi, onson va qulayi — bu video-qo’llanma. VideoKurs uchun Camtasia Studio (screencast) va AVS Video Editor (jonli video) dasturlarini ishlatishni tavsiya qilaman.

Sayt

Mahsulotingiz tayyor bo’lsa, unda uni sotish kerak. Hamma klientlarni Siz internetdan olishingiz kerak va uning uchun Siz sayt yaratishingiz kerak.

Aynan videokursingiz uchun sayt tayyorlash pulik ish, masalan men Landing Page (sotuvchi sayt)’ni 500 000 so’mga qilib beraman.

Tassavur qiling ! Sizning infomahsulotingiz 100 000 so’m turadi va uni 100ta odam sotib oladi. Yani Siz 10 000 000 so’m daromad olasiz. Saytning pulini 5tagina ko’piya sotib qoplaysiz.

Sayt kerak bo’lsa, unda menga qo’ngiroq qiling : +998 (94) 688-92-00

Reklama

Saytingiz va infomahsulotingiz tayyor, endi uni xalqga ko’rsatish, yani reklama qilish lozim. Reklama hozir internetda juda qimmat, shu sababdan Sizga men faqat maslahat bera olaman :

  • PR va ТИЦ — eng muhim faktorlardan biri;
  • Saytning xulqi haqida Alexa.Com saytida surishtiring;
  • Arzon, ammo juda ko’p trafikli saytlarga reklama bering;
  • 1000ta xost uchun 1$dan ko’p bermang;
  • PR maqola joylashtirishga harakat qiling.

Bu qadamlarni qilib Siz yaxshigina daromad olishni boshlashingiz mumkin.

Qanday qilib odamlar menga pul o’tqazishadi ?

Juda mashhur savollardan biri, chunki elektron kommertsiya bizning yurtimizda hali uncha to’liq rivojlanmagan. Ammo Sizni quvontirishim lozim do’stlar, masala uncha qiyin emas va bu yerda ham bir-nechta variantlar mavjud :

  • Naqt pul orqali ;
  • Payme yordamida UzCard orqali ;
  • WebSum Merchant yordamida WebSum orqali.

Disklarni qanday yetqazib beraman — 3ta variant

Pochta

O’zbekistondagilarga va chet davlatlarda yashaydiganlarga Siz pochta yordamida yetqazishingiz mumkin, juda yaxshi va arzon variant. Narxlar bilan Pochta.Uz saytida tanishing.

Yuzma-yuz

Hamshaharlaringiz uchun Siz yuzma-yuz ko’rishib disklarni yetqazib berish imkoniga egasiz, bu ham yaxshi yechim.

Xosting

UzDisk.Uz sayti yoki o’zingiz yangi xosting sotib olib, disklarni internet yordamida sotishingiz mumkin. Bu usul eng tez, qulay va hammaga tog’ri keladi !

Xulosa

O’zingiz tushungan bo’lsangiz kerak, juda yaxshi daromad olishingiz mumkin. Sizga yana bir maslahatim — bu ko’rgazmalarda ishtirok etish, bu juda Sizga yordam beradi.

Fikr qoldirish

avatar
UzAnonim
Mehmon

salom menda info maxsulot bor qanday qilib men uni sotishim mumkin agar rozi bo’lsangiz foyda 30 ga 70 almahsrdik . albatta sizga 30% qancha ko’p odam olsa sizga shuncha ko’p pul tushadi, menga ham

wpDiscuz