WebMoney haqida — yaratish, ishlatish va to’ldirish

Assalomu aleykum, aziz yurtdoshlar ! Sizni get-money.org saytida ko’rib turganimdan juda hursandman, Siz bilan esa blogger Mister Anonymus.

Bilmadim, ammo negadir ko’p odamlar YouTubeda pul ishlash va WebMoney haqida juda ko’p sorashadi. Ushbu maqolada aynan WebMoney haqida Sizga to’liq malumotni taqdim etaman. Biz bugun uni yaratilishi, ishlatilishi va qanday qilib hamyonni to’ldirish mumkinligi haqida bilib olamiz. Agar Sizga mavzu juda qiziq bo’lsa, unda boshladik !

Maqolaning xaritasi :

1. WebMoney haqida kichik malumot

2. WebMoney yaratish bo’yicha texnik masalalar

3. Attestatlar haqida

4. WMZ va WMR : to’ldirish va yechib olish UzCard yordamida

5. Xulosa

WebMoney haqida kichik malumot

WebMoney 1998 yilda tashkil etilgan bo’lib, hozirgi kunda eng mashhur va eng zo’r to’lov tizimi hisoblanadi. U yerda millionlab odamlar ro’yhatdan o’tishgan va WebMoney sababli bir xil internet foydalanuvchilari onlayn tarzda daromad olishadi.

Ushbu elektron hamyonda bir-nechta valyutalar mavjud, qachondir so’m (WMY) ham bu ro’yhatda bor edi… 2011 yilda WMY o’z faoliyatini yakunladi va O’zbekistonda WebMoneyni to’ldirish va yechib olish juda qiyin masalaga aylanib qoldi.

Valyutalar :

WmzWMZ (dollar) — ro’yhatdan o’tib bo’lgandan so’ng uni ochish mumkin;

WmrWMR (rubl) — attestat olib yaratish kerak;

WmeWME (evro) — bir nechta Evropa mamlakatlarida ishlatiladigan valyuta;

WmuWMU (grivna) — Ukraina mamlakatining milliy valyutasi;

WmbWMB (Belarus rubl) — Belarus Respublikasining valyutasi;

WmgWMG (oltin);

WmxWMX (bitcoin) — Bitcoin kriptovalyutasining valyutasi, 1 WMX = 0.001 BTC;

va boshqa valyutalar…

Qachondir WebMobey ro’yhatdan o’tganingiz uchun 30 WMZ, referallar jalb qilganingiz uchun 3 WMZ va internet magazin ulaganingiz uchun 100 WMZ bonus sifatida berar edi. Hozir esa odamlar «Персональный» va «Начальный» attestatni olish pul berishadi. Ammo «Формальный» attestat olish uchun sarmoya qilish shart emas.

WebMoney yaratish bo’yicha texnik masalalar

1. WebMoney.Ru‘da ro’yhatdan o’tish uchun Siz 18 yoshga to’lishingiz shart. Agar to’lmagan bo’lsangiz, unda ota-onangizni pasportini ishlatib yaratishingizga tog’ri keladi.

2. Ro’yhatdan o’tayotganda Siz WMZ yaratish imkoniga egasiz, WMR yaratish uchun Siz «Формальный» attestat olishingiz kerak.

3. Ro’yhatdan o’tib bo’lganingizdan so’ng Siz «Анонимный» attestat olasiz, bu attestat bilan Siz faqat to’ldirish imkoniga egasiz, yechib olish uchun «Формальный» attestat olish shart.

4. WebMoneyda bitta raqam bilan pochtani ikki marta ishlatish mumkin emas, shu sababdan har bir akkautingizga bitta raqam ajratishingiz kerak.

5. WebMoney yaratish mutlaqo bepul, pullik emas !

Attestatlar haqida

anonym

Анонимный — ro’yhatdan o’tib bo’lganingizdan so’ng beriladi va Siz faqat hamyoningizni to’ldirish imkoniga ega bo’lasiz, yechib olish uchun «Формальный» attestat olishingiz kerak.

formal

Формальный — bepul beriladigan attestat va uni olish uchun Siz o’zingizni malumotlaringizni va skan pasportingizni jo’natishingiz lozim. Ushbu attestat Sizga WebMoney bilan to’liq foydalanish imkonini beradi.

element

Начальный — pullik attestat, uni olish juda onson ish emas, O’zbekistonda attestatorlar orqali ushbu attestatni olish mumkin. Attestatni olish 10000-20000 so’m atrofida va Sizni PhotoIDingiz bo’lishi shart.

personal

Персональный — boshqalarga qaraganda eng zo’ri va deyarli imkoniyati keng. Ko’pincha bu attestatni obmen-servislarning adminlari va forex bozorida pul ishlaydigan odamlar olishadi. Chunki ular ko’tta summada pul savdo qilishadi !

WMZ va WMR : to’ldirish va yechib olish UzCard yordamida

Sizga bepul video-qo’llanma taqdim etaman (Tas-ix emas) :

WebSum.Pw’ga o’tish | Videoni YouTubeda ko’rish | Videoni yuklab olish

Xulosa

Aziz vatandoshlar, bugun biz WebMoney haqida deyarli hamma malumotni bilib oldik, ushbu malumot qachondir Sizga kerak bo’ladi. Men bu yerda tugataman, Siz bilan Asadbek Ibragimov edi, maqola bilan do’stlashish esingizdan chiqmasin !

Fikr qoldirish

avatar
Jamoliddin
Mehmon

Salom! Men WebMoney hamyon ochmoqchi edim ro’yhatdan to’liq o’ta olmayaman iltimos ro’yhatdan o’tish uchun video joylang

Otabek
Mehmon

Salom admin ! Savolim shuki bu websum qanaqa kurs orqali xisob kitobni amalga oshiradi misol uchun 10 $ 100 mingdan oshvoti qora bozordanam yuqoriku

123
Mehmon

Web moneyda ruhatdan utdim lekin atestat ololmayapman hamma atestatlarni olish uchun nima kilish kerak

?????
Mehmon
Abdulloh
Mehmon

Аноним атестатдахам интернет магазин учун тулов киса боладими

?????
Mehmon

Telegramga qanday qilib fikr qoldirsam bo’ladi, manga shunisi qulayroq edi.

?????
Mehmon

Sayt yakunida «Savollar bo’lsa telegramga yozishingiz mumkin.» deb yozilgan. Ammo qanday qilib, yozib bo’lmayabdi. Telegramga yozishning iloji bormi ?

wpDiscuz