Qanday qilib elektron pochta (E-mail) yaratish va ochish mumkin ?

Assalomu aleykum, aziz yurtdoshlar ! Sizni get-money.org saytida ko’rib turganimdan juda hursandman, Siz bilan esa blogger Mister Anonymus.

Juda ko’p odamlar internetda pul ishlashni istashadi, ammo internetda pul ishlashni boshlash uchun birinchi qadam bilan elektron pochta (E-mail) yaratib olish lozimdir. Sababi, har bir saytda ro’yhatdan o’tayotganda Sizdan E-mail, yani elektron pochta so’rashadi va yana bo’lsa elektron pochta orqali boshqa ishlarni ham bajarsa bo’ladi.

Ushbu maqolada Biz elektron pochta (E-mail) yaratishni o’rganib olamiz va yana bo’lsa Siz uchun men elektron pochtani ishlatish bo’yicha videodars tayyorlaganman.

Agar Sizga elektron pochta juda kerak bo’ladigan bo’lsa, unda o’zingizga qahfa damlab, maqolani o’qishni boshlang !

Maqolaning xaritasi :

1. Elektron pochta haqida

2. Elektron pochta yaratish bo’yicha yozma-qo’llanma

3. Elektron pochta ishlatish bo’yicha video-qo’llanma

4. Xulosa

Ushbu maqola internetda pul ishlashni boshlash istagida yurgan odamlarga juda foydali bo’ladi va elektron pochta yaratish va ochish juda onson ishga aylanib qoladi.

Elektron pochta haqida

Elektron pochta (ingliz tilida E-mail, yani «electronic mail») — hat jonatish boyicha texnologiya va xizmat hisoblanadi. Elektron pochta orqali hatlar va kerakli bo’lgan malumotlarni, yana bo’lsa kerak bo’lgan fayllarni jo’natish mumkin.

Hozir internetda deyarli hamma odamlarda elektron pochta mavjud va elektron pochtaning shakli, shundan iborat :

isim@xizmatchi.domen

Isim — ushbu bo’limga Siz hohlagan ot qo’yishingiz mumkin. Masalan : laqabingiz, yaxshi ko’rgan qizingizni ismi bilan o’zingizni ismingiz, yoki ismingiz bilan tug’ulgan yilingiz.

@ — elektron pochtaning belgisi.

Xizmatchi — elektron pochtani qilib beradigan xizmatchi. Masalan : Mail, Gmail, Яндекс Почта va boshqalar.

Domen — elektron pochtani qilib beradigan xizmatchining domeni (manzili).

Sizning pochtangiz ham shunga o’xshagan bo’ladi !

Elektron pochta yaratish bo’yicha yozma-qo’llanma

Demak, pochta haqida to’liq bilib oldik va endi uni yaratishga o’tamiz. Men o’zim Gmail va Mail ishlatib kelmoqdaman, ammo Sizga men Gmail ishlatishni tavsiya qilaman.

Birinchi qadam. Gmail.Com‘ga o’tib «Создать аккаунт» degan tugmaga bosamiz :

Ikkinchi qadam. Ismingiz bilan familiyangizni kiriting :

Uchinchi qadam. Yangi pochtangizga yangi ism kiriting. Masalan : «MeningLaqabim» :

To’rtinchi qadam. Yangi parol toqib, uni yana bir bor kiriting :

Beshinchi qadam. Tug’ulgan sanangiz bilan jinsingiz tanlang :

Oltinchi qadam. Telefon raqamingizni kiritib, mamlakatingizni tanlang :

Yettinchi qadam. «Далее» tugmasini bosing :

Sakkizinchi qadam. Chiqib kelgan oynachani pastga tushurib «Принимаю» degan tugmaga bosamiz :

To’qizinchi qadam. Pochta yaratildi, endi ishlatishni boshlashingiz mumkin !

Elektron pochtani ishlatish bo’yicha video-qo’llanma

VideoDars hozircha Tas-ix tarmog’ida emas, ammo yaqin orada Tas-ix yuklaymiz.

VIDEODARS

VideoDarsni yuklab olish | VideoDarsni YouTube’da ko’rish

Xulosa

Demak, aziz yurtdoshlar Biz bu maqolada elektron pochta haqida to’liq malumotni bilib oldik, uni yaratdik va ishlatishni bilib oldik. Agar Sizga maqola yoqgan bo’lsa, unda do’stlar bilan bo’lishish esingizdan chiqmasiz.

Siz bilan blogger Asadbek Ibragimov edi, ko’rishguncha !

Fikr qoldirish

avatar
Mahbuba
Mehmon

Sizga kattakon RAHMAT! Avval hecham o’zim e-pochta yaratib ko’rmagandim. Yordam olishimga to’g’ri kelardi. Siz bergan ma’lumotlar asosida o’z pochtamni ochib foydalanyapman.

Нодирбек
Mehmon

савол бор эди, парол унитиб қўйилса яни эсдан чиқиб қолса қандай тиклаш мумкин

NURIDDIN
Mehmon
mirzaqobil
Mehmon

Tushundim iloji bo’lsa mikrasof xisob qaydnomasini qanday ochadi o’rgatib yuboring

Ochilbek
Mehmon

Salom. Ma’lumotlar u/n katta rahmat. Oldin ochilgan pochtani qanday o’chirib tashlash mumkin?

Jamshidbek
Mehmon

elektron pochtadan foydalanilmasa tahminan qancha muddatda ozi avtomatik ochadi

wpDiscuz